Turi | Ochiq kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | Milliy xavfsizlik, mudofaa, sogʻliqni saqlash, muhandislik |
Qachon asos solingan |
iyun1969 La Jolla, San Diego, California, U. S. McLean, Virginia, AQSH. |
Joylashuvi | Reston, Virginia, AQSH |
Asoschi(lari) | J. Robert „Bob“ Beyster |
Rahbariyat | Roger Krone (CEO) |
Aylanma daromadi | AQSh$13,74 mlrd (2021) |
Operatsion foydasi | AQSh$1,15 mlrd (2021) |
Boyligi | US$13.26 mlrd (2021) |
Ishchilar soni | 43 000 |
Vebsayti | leidos.com |
Ilgari Science Applications International Corporation (SAIC) nomi bilan tanilgan Leidos — Amerika Mudofaa, aviatsiya, Axborot texnologiyalari (Lockheed Martin IS&GS) va bio tibbiyot tadqiqot kompaniyasi boʻlib, ilmiy, muhandislik, tizim integratsiyasini taʼminlaydi. Shtab kvartirasi Virjiniya shtatining Reston shahrida joylashgan. Axborot texnologiyalar bozorida eng yirik mudofaa boʻyicha kompaniya yaratish maqsadida Leidos 2016-yilda Lockheed Martinʼs bilan birlashadi. Leidos-Lockheed Martin birlashishi mudofaa sektorini birlashtirishdagi eng yirik bitimlardan biri hisoblanadi. Leidos Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa Departamenti, Amerika Qoʻshma Shtatlari Ichki Xavfsizlik Departamenti va Amerika Qoʻshma Shtatlari Razvedka Jamiyati, jumladan, NSA, shuningdek, AQSh hukumatining boshqa fuqarolik idoralari va maxsus tanlangan tijorat bozorlari bilan keng hamkorlik qiladi.